Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

900 mln. so'mga yaqin pul sement zavodi foydasiga qayta hisoblandi

Sement korxonasiga tabiiy gaz uchun noto'g'ri tariflar qo'llanilgani aniqlandi.

1 daqiqa o‘qiladi

900 mln. so'mga yaqin pul sement zavodi foydasiga qayta hisoblandi

900 mln. so'mga yaqin pul sement zavodi foydasiga qayta hisoblandi

Sement korxonasiga tabiiy gaz uchun noto'g'ri tariflar qo'llanilgani aniqlandi.

Noto'g'ri ta'riflar bo'yicha murojaat

Raqobat qo‘mitasiga "JIZZAX SEMENT PLANT" MCHJning o‘ziga nisbatan gaz ta’minot korxonasi tomonidan tabiiy gaz yetkazib berishda tariflarning noto‘g‘ri qo‘llanilgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.  

O‘rganishlar davomida mazkur murojaatda keltirilgan holatda amaldagi qonunchilik talabiga zid ravishda cheklangan tariflar noto‘g‘ri qo‘llanilgani oqibatida MCHJga 853 mln 200 ming 600 so‘m qarzdorlik hisoblangani aniqlandi.

Sudga murojaat va natija

Mazkur ko‘rsatma belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli hududiy boshqarma tomonidan Jizzax tumanlararo Iqtisodiy sudiga "JIZZAX SEMENT PLANT" MCHJ manfaatida "Hududgazta’minoti" AJ – "Hududgaz Jizzax" gaz ta’minoti filialiga 853 200 600 so‘m mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish majburiyatini yuklash va jarima undirish bo‘yicha murojaat qilindi.

Sud ishni o'rgangach, ko‘rsatma qonuniy deb topildi va "Hududgazta’minoti" AJ tomonidan "JIZZAX SEMENT PLANT" MCHJ foydasiga 900 mln so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlanadigan bo'ldi.