$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar qishda qayerda dam olishni rejalashtirmoqda?

Sayohat

O‘zbekistonliklar qishda dam olish uchun issiq iqlimli mamlakatlarni afzal ko‘rmoqda.

Arab shaharlari trendda

Yil davomida O‘zbekiston fuqarolari orasida Dubay va Abu-Dabi shaharlariga qiziqish ortdi, deb xulosa qilmoqda ekspertlar.

Aviasales ma’lumotlariga ko‘ra, Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri, Indoneziyaning Bali oroli va Qozog‘istonning Olmaota shahri ham o‘zbekistonliklar orasida mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan bo‘lib qolmoqda.

Qayd etilishicha, yil davomida o‘zbekistonliklar orasida xorijga aviachiptalarga bo‘lgan talab 14 foizga oshgan.

Chet elga chiqqan o‘zbekistonliklar

Oxirgi ochiqlangan ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, joriy yilning yanvar-avgust oylarida jami 4,06 mln. nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln. nafarga yoki 37,2 foizga oshgan:

·      Qirg‘iz Respublikasi – 1 million 914 ming nafar;

·      Tojikiston – 797,6 ming nafar;

·      Qozog‘iston – 640,2 ming nafar;

·      Rossiya – 194,7 ming nafar;

·      Turkiya – 157,7 ming nafar;

·      Saudiya Arabistoni – 111,9 ming nafar;

·      BAA – 81,4 ming nafar;

·      Misr – 27,7 ming nafar;

·      Quvayt – 16,7 ming nafar;

·      Janubiy Koreya – 14,9 ming nafar;

·      Boshqa davlatlar – 112,1 ming nafar.

Yosh toifasi qanday?

Aprel oyi oxirida turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar tashkil etgani ma’lum qilingan edi. Safarga chiqqan yurtdoshlarimizning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

·      0-18 yosh — 110,4 ming nafar;

·      19-30 yosh — 148,8 ming nafar;

·      31-55 yosh — 425 ming nafar;

·      56 yosh va undan kattalar — 165,8 ming nafar.

Теги :
Jamiyat