$
 12808.03
14.65
 13612.37
16.85
 130.15
-0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Qirg‘izistonda joriy yil hisobidan hokimiyatni egallashga uchinchi urinish sodir bo‘ldi

Kishan

Qirg‘izistonda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga aloqadorlikda gumonlangan yetti kishi qo‘lga olingan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Jinoiy guruh haqida

Ma’lum bo‘lishicha, IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari bir guruh tomonidan ommaviy tartibsizliklar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lumot olgan. Mazkur uyushgan guruh ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash maqsadida tuzilgan bo‘lib, mazkur uyushgan guruh ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash maqsadida tuzilgan: tashkilotchilar, ko‘makchilar, moliyachilar, ijrochilar.

IIV bayonoti

Bishkek atrofida sport o‘yinlari va boshqa musobaqalarni o‘tkazish rejalashtirilgandi. Milliy sport o‘yinlarini o‘tkazish bahonasida ular 2024-yil 17-noyabrda mahalliy kengashlarga saylov kuni zo‘ravonlik harakatlariga chaqirish, konstitutsiyaga zid da’vatlarni ilgari surish, hokimiyatni keyinchalik zo‘ravonlik bilan egallash uchun vaziyatni beqarorlashtirish niyatida edi, deyiladi IIV bayonotida.

Қирғизистонда ҳокимиятни эгаллашга тайёрланган 7 гумонланувчи ҳибсга олинди

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan to‘plangan materiallar asosida IIV tomonidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 36 — 278-moddasi 1-qismi (Zo‘ravonlik, qirg‘in, o‘t qo‘yish, mol-mulkni yo‘q qilish, o‘qotar qurol, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qo‘llash yoxud hokimiyat vakillariga qurolli qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq ommaviy tartibsizliklarni tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor-tergov tadbirlari davomida mazkur guruh a’zolari bo‘lgan 7 nafar shaxs qo‘lga olinib, ular orasida Qirg‘izistonda tug‘ilganlar, shuningdek, chet elliklar borligi aniqlangan. Ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Uchinchi harakat

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, tekshiruvda guruhga tegishli omborxonadan ommaga ichirish uchun saqlab kelinayotgan 1000 shisha aroq, 2000 shisha mineral suv, 1 tonna guruch, so‘yish uchun 1 ot va ommaviy tartibsizliklar qatnashchilariga palov tayyorlash uchun mahsulotlar olib qo‘yildi. Ma’lumot uchun, bu harakat 2024-yil boshidan beri Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga uchinchi urinish hisoblanadi. Yanvar oyida respublika prezidenti Sadir Japarov davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qilgandi. Iyulda esa mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan tartibsizliklar uyushtirish va hokimiyatni egallashni niyat qilgan bir guruh shaxslar ushlangan edi.

Теги :
Jamiyat