$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi

Mirziyoyev

O‘zbekistonda 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi.

Saylov ishtirokchilari

Bugun, 28-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi byulletenlarni sanab chiqib, saylovning dastlabki natijalarini e’lon qildi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan deputatlik saylovlarida 15 mln. 27 ming 529 nafar fuqarolar butun respublika bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan.

Ovozlarning taqsimlanishi

Saylov natijalariga ko‘ra, ovozlar quyidagicha taqsimlandi:

— O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi: 5 194 041 yoki 34,75 foiz va 26 ta deputatlik o‘rni;

— “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi: 2 812 493 yoki 18,82 foiz va 14 ta deputatlik o‘rni;

— O‘zbekiston Ekologik partiyasi: 1 960 764 yoki 13,12 foiz va 10 ta deputatlik o‘rni;

— O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi: 2 558 016 yoki 17, 11 foiz va 13 ta deputatlik o‘rni;

— “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi: 2 420 857 yoki 16,20 foiz 12 deputatlik o‘rni.

Partiyalarning Qonunchilik palatasidagi umumiy soni 

Bir mandatli saylov okrugi bo‘yicha esa O‘zLiDeP 38 ta, “Milliy tiklanish” 15 ta, Ekopartiya 6 ta, XDP 7 ta va «Adolat» 9 ta o‘ringa ega bo‘ldi. Partiyalarning Qonunchilik palatasidagi umumiy soni esa quyidagicha bo‘ldi:

O‘zLiDeP — 64 ta;

“Milliy tiklanish” — 29 ta;

“Adolat” — 21 ta;

XDP — 20;

Ekopartiya — 16 ta.

Ma’lumot uchun, saylovda saylovchilarning 71,52 foizi ishtirok etgan. Saylov rasmiy ravishda amalga oshirilgan deb e’tirof etildi. Respublika tarixida birinchi marta aralash saylov tizimidan foydalangan holda saylovlar o‘tkazildi.

Теги :
Jamiyat