O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26,7 mlrd AQSH dollariga yetdi
Statistika agentligi qaysi oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi eng yuqori bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26,7 mlrd AQSH dollariga yetdi
Statistika agentligi qaysi oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi eng yuqori bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.
2024-yil savdo aylanmasi
Statistika agentligi matbuot xizmati O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi qaysi oyda eng yuqori bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.
Xabar berilishicha, 2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 26,7 mlrd AQSH dollariga yetgan.
Oylar kesimidagi statistika
2024-yilda oylar kesimida qayd etilgan tashqi savdo aylanmasi hajmi:
yanvarda – 4,2 mlrd;
fevralda – 5,7 mlrd;
martda – 5,9 mlrd;
aprelda – 5,0 mlrd;
mayda – 5,9 mlrd.
O‘tgan yillardagi hisob-kitoblar
2022 yilning yanvar-oktyabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarni tashkil etgan.
Bunda eksport hajmining eng yuqori ko‘rsatkichlari Xitoy ($2,2 mlrd), Rossiya ($2,5 mlrd), Qozog‘iston ($1,1 mlrd), Turkiya ($1,3 mlrd) davlatlarida qayd etilgan.
Eng kam eksport hajmi esa Janubiy Koreya Respublikasi ($41,6 mln) va Hindiston ($29,3 mln) bilan amalga oshirilgan.



