Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo hajmini oshirdi
2024-yilning 11 oyida Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi 5,9 foizga o‘sib, 85,58 milliard dollarni tashkil etgan.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yilning 11 oyida Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi 5,9 foizga o‘sib, 85,58 milliard dollarni tashkil etgan.
Markaziy Osiyo bilan aloqalar
Ma’lumotga ko‘ra, Xitoy eng ko‘p Qozog‘istondan tovar sotib olgan. Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi esa 11 foizga oshgan. Turkmaniston bilan tovar ayirboshlash hajmi 0,4 foizga oshgan bo‘lsa, O‘zbekiston bilan 3,3 foizga, Tojikiston bilan esa 1,6 foizga kamaygan. Xitoyning mintaqaga eksporti 5,3 foizga oshib, 58,32 milliard dollarni, Markaziy Osiyodan importi esa 7 foizga oshib, 27,3 milliard dollarni tashkil qilgan.
Xitoy vaTurkmaniston
Markaziy Osiyo davlatlarining Xitoy bilan savdodagi salbiy saldosi 2024-yilda 3,9 foizga oshib, 31,05 milliard dollarni tashkil etadi. Turkmaniston Xitoy bilan savdoda yagona ijobiy saldoga ega. Hisobot davrida uning Xitoyga eksporti 8,86 milliard dollarni (+0,1 foiz) tashkil etdi, Xitoy tovarlari importi esa 3 foizga oshib, 898,5 million dollarga yetdi.


