Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

G7 rivojlanayotgan mamlakatlar uchun 600 mlrd. dollar ajratmoqchi

Mazkur investitsiya AQSH Davlat departamentining Global infratuzilma sarmoyalari bo‘yicha hamkorlik dasturi maxsus koordinatori vazifasini bajaruvchi Xelena Matzaning Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan tashrifining natijasi.

2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo uchun 200 milliard dollar

G7 mamlakatlari Markaziy Osiyo davlatlarining infratuzilmasini rivojlantirish uchun 200 milliard AQSH dollari ajratadi. 200 milliard dollarni taqsimlashda Qozog‘istonga e’tibor ustuvorlik qilishi aytilmoqda. 

Mazkur investitsiya AQSH Davlat departamentining Global infratuzilma sarmoyalari bo‘yicha hamkorlik dasturi maxsus koordinatori vazifasini bajaruvchi Xelena Matzaning Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan tashrifining natijasi.

Muzokaralar chog‘ida N.Nurbayeva Qozog‘istonda transport infratuzilmasini, jumladan, Aqtau va Quriq dengiz portlari orqali rivojlantirish istiqbollari, toza energiya, muhim minerallar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida loyihalarni amalga oshirish haqida gapirdi.

Loyiha maqsadi

Dasturning asosiy maqsadi Yevropa bozorlariga yanada chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish orqali dunyoda oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash uchun yetkazib berish zanjirini mustahkamlash va diversifikatsiya qilishdan iborat.

Xelena Matzaning O‘zbekistonga qilgan tashrifida ham Transkaspiy xalqaro marshrutiga ulanish imkoniyatini moliyalashtirish haqida gaplashilgani aytiladi.

O‘zbekistonga tashrif

 Xelena Matza mazkur tashriflar chog‘ida 14-iyul kuni O‘zbekistonga ham kelgan. Xelena Matzani O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov kutib olgan. 

Uchrashuvda transport infratuzilmasini rivojlantirish, geologiya va raqamlashtirish loyihalariga xususiy moliyalashtirishni jalb qilish masalalari ko‘rilgan. Biroq, mazkur mablag‘ning qancha qismi O‘zbekistonga ajratilishi haqida ma’lumot berilmagan.

G7 global infratuzilma va investitsion hamkorlik dasturi rivojlanayotgan mamlakatlardagi infratuzilma loyihalari uchun 2027-yilgacha 600 milliard AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritishni maqsad qilgan.