$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Tojikiston va O‘zbekiston Sarez ko‘li suvidan ichimlik suvi sifatida foydalanmoqchi

sarez

3-avgust kuni Dushanbeda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolari suv resurslaridan kompleks foydalanish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yangi qo‘shma transchegaraviy loyihalar

Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, unda mintaqa mamlakatlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Sarez ko‘li suv resurslaridan foydalanish masalalari, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida suv xo‘jaligi sohasida yangi qo‘shma transchegaraviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

2018-yilda Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi

Asia-Plus nashrining yozishicha, Sarez suvidan ikki davlatning ichimlik suvi ehtiyojlari uchun foydalanish masalasi 2018-yildayoq Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev tomonidan Tojikiston rahbarining O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida muhokama qilingandi. Prezidentlar savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaga bu imkoniyatni o‘rganish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Sarez ko‘li suvining eksporti

Emomali Rahmon xalqaro forumlardagi nutqlarida Tojikiston chuchuk suv bo‘yicha katta resurslariga egaligini bir necha bor taʼkidlab, Markaziy Osiyo mamlakatlarini uzoq muddatli ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun Sarez ko‘lidan foydalanishni taklif qilgan.

Respublika hukumati ham Sarezdan Osiyoning boshqa mamlakatlariga, xususan, Eron, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklariga ichimlik suvi yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishni taklif qilgan.

Sarez ko‘li

Sarez ko‘li Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida, dengiz sathidan 3,5 ming metr balandlikda joylashgan. Ko‘lning uzunligi 70 km dan ortiq, eng chuqur joyi taxminan 500 metrni tashkil etadi, suv hajmi esa 17 km³. Ko‘l 1911-yil fevral oyida kuchli zilzila natijasida hosil bo‘lgan, bu vaqtida qulagan tog‘ jinslari va ko‘chki Bartang daryosining o‘zanini to‘sib qo‘ygan. Hosil bo‘lgan tabiiy to‘g‘on Ussoyskiy to‘g‘oni deb nomlangan.

Теги :
Jamiyat