Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

Miya saratoniga qarshi kurashishning yangi usuli topildi

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti va Irlandiyaning Triniti biotibbiyot fanlari instituti olimlari Glioblastomaga qarshi samarali kurashish usulini topdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Miya saratoniga qarshi kurashishning yangi usuli topildi

Glioblastoma — miya saratonining agressiv turi. U odatda juda tez kuchayib, o‘z vaqtida davolanmasa, sog‘lom nerv hujayralariga hujum qiladi va kognitiv funksiyani buzadi. Oqibatda bora-bora bemorga dori-darmonlar ta’sir qilmay qo‘yadi.

Tadqiqot

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti va Irlandiyaning Triniti biotibbiyot fanlari instituti olimlari xuddi shu xavfli o‘smalarga qarshi samarali kurashish usulini topdi.

Tadqiqot donorlardan olingan glioblastoma to‘qimalari namunalarida o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, elektr toki orqali organizmdagi NK-hujayralar, ya'ni tabiiy qotil hujayralarning miyadagi saraton o‘simtalarini yo‘q qilish "qobiliyat"ini oshirish mumkin. 

Buni tasdiqlash uchun laboratoriya sharoitida "tabiiy qotil hujayralar"ga elektr maydonini hosil qiluvchi qurilma yordamida ta’sir ko‘rsatildi va kutilgan natijaga erishildi. 

NK-hujayralari

NK-hujayralar tug‘ma immunitetning ishlashida ishtirok etadigan limfotsitlardir. Olimlarning ta’kidlashicha, NK-hujayra terapiyasi ko‘pincha saratonning og‘ir turlarini muolaja qilishda qo‘llaniladi. 

Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, elektr maydoni orqali davolash, immunoterapiya va onkologik kasalliklarga qarshi kurashishning boshqa usullari kombinatsiyasi glioblastoma bilan og‘rigan bemorlarning sog‘ayish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishi mumkin.