O‘zbekistonda ilk marta amaliy kasb egalari katta sahnada taqdirlandi
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” milliy tanlovida santexnik, payvandchi, elektromontajchi, avtomexanik, oshpaz va boshqa kasb egalari orasidan eng mahoratlilar saralandi.
1 daqiqa o‘qiladi

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” milliy tanlovida santexnik, payvandchi, elektromontajchi, avtomexanik, oshpaz va boshqa kasb egalari orasidan eng mahoratlilar saralandi. G‘olib va sovrindorlarga medallar hamda pul mukofotlari topshirildi, ularni tayyorlagan ustozlar mehnati ham e’tirof etildi.
Jumladan, santexnika yo‘nalishida 12 nafar ishtirokchi sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin
Samadbek To‘xtamurodov — Samarqand viloyati
Islom Karimov — Samarqand viloyati
2-o‘rin
Ozodbek Ilyosov — Samarqand viloyati
Zarshedjon Saloxiddinov — Samarqand viloyati
Ma’rufjon Raximov — Namangan viloyati
Shohruh Yaqubov — Samarqand viloyati
3-o‘rin
Sharyar Aytmuratov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Muzrob To‘ymurodov — Buxoro viloyati
Bunyod Norimonov — Xorazm viloyati
Abduxamid Abdupattayev — Namangan viloyati
Shoxjahon Jo‘raqulov — Surxondaryo viloyati
Ro‘zali Karimov — Farg‘ona viloyati
Tanlovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan yosh ustalar uchun navbatdagi katta bosqich — WorldSkills xalqaro chempionati. Ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik ishtirokchiga Prezident tomonidan 1 mlrd 30 mln so‘m mukofot berilishi ko‘zda tutilgan.



