$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonning qaysi hududlari sanoatda raqobat ustunligiga ega?

sanoat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan hududlarning sanoatdagi raqobatbardoshligi bo‘yicha reyting ishlab chiqildi. Ushbu reyting 2024-yilning yanvar-sentyabr oylariga oid ma’lumotlarga asoslangan va hududlarning ishlab chiqarish sanoati salohiyati hamda diversifikatsiya darajasini baholaydi.

Hududlar 3 guruhga bo‘linadi

Tahlil natijalariga ko‘ra, barcha hududlar sanoatdagi raqobatbardoshlik darajasiga ko‘ra uch guruhga ajratildi.

I guruh: Yuqori raqobatbardoshlik

Toshkent shahri, Farg‘ona va Namangan viloyatlari sanoatda yuqori diversifikatsiya darajasiga ega bo‘lib, bu hududlarda ishlab chiqarish sanoatining bir nechta tarmoqlari raqobat ustunligiga ega (HHI = 818-1472). Ushbu hududlarda tarmoqlarning o‘rtacha 30 foizdan ortig‘i yetakchi o‘rinlarda bo‘lib, ishlab chiqarishning keng qamrovli rivojlanishi kuzatilmoqda.

II guruh: O‘rta raqobatbardoshlik

Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari ishlab chiqarish sanoatida o‘rta darajadagi diversifikatsiyaga ega (HHI = 1523-2435). Bu hududlarda raqobat ustunligiga ega tarmoqlar ulushi o‘rtacha 22 foizni tashkil etadi. Hududlar iqtisodiy salohiyatini oshirish uchun yangi tarmoqlarni rivojlantirish talab qilinadi.

III guruh: Quyi raqobatbardoshlik

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Andijon va Navoiy viloyatlari past diversifikatsiya darajasiga ega bo‘lib, sanoatning faqat bir yoki ikki tarmog‘iga yuqori bog‘liq (HHI = 2574-6290). Ushbu hududlarda sanoat tarmoqlari asosan cheklangan bo‘lib, ishlab chiqarishning 60 foizdan ortig‘i bir necha sohalarga to‘g‘ri keladi.

Nima uchun bu muhim?

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston hududlarida ishlab chiqarish sanoatini barqaror rivojlantirish uchun mavjud resurs va salohiyatdan oqilona foydalanish zarur. Bu esa “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu strategiya mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va sanoatning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Institutning ma’lum qilishicha, hududlarning sanoatdagi raqobatbardoshligi reytingi mamlakatimizda iqtisodiy strategiyani to‘g‘ri belgilash va investitsiyalarni jalb qilish uchun muhim vosita hisoblanadi. Toshkent shahri, Farg‘ona va Namangan viloyatlari yuqori salohiyatga ega hududlar bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston va Jizzax kabi hududlarda sanoatni diversifikatsiya qilish va yangi tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratilishi zarur.

Теги :
Jamiyat