Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +9°

Yaponiya O‘zbekiston kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalar joriy qiladi

2023-yil dekabr oyida respublikada tashkil etilgan ikkita kompaniya Tokio cheklovlari ostida qolgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya O‘zbekiston kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalar joriy qiladi

Yaponiya hukumati O‘zbekiston, Hindiston, Xitoy va BAA kompaniyalarini Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan cheklovlarni chetlab o‘tgani uchun yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmoqchi.

Bir qator davlatlarning kompaniyalariga cheklovlar

Tokiodagi matbuot anjumanida amaldor ilgari kiritilgan cheklovchi choralardan qochishga “qat’iy munosabat bildirish” zarurligini ta’kidladi. 13-iyun kuni Italiyada boshlangan G7 sammitida Yaponiya tomoni uchinchi davlat kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etish rejasini e’lon qildi.

“Roʻyxat Xitoy, Hindiston, BAA, Oʻzbekiston, Qozogʻiston kompaniyalarini oʻz ichiga oladi”, dedi Xayashi. "Ushbu sanksiyalar muayyan davlatlarga qarshi emas, biz ularni sanksiyalarni chetlab o‘tishda ishtirok etgan alohida kompaniyalarga qarshi choralar sifatida ko‘ramiz".

“Katta yettilik” sammiti

Vazirlar Mahkamasi hozirda yangi sanksiyalar paketi tafsilotlarini yakunlamoqda. Xayashi paketni tez orada rasman nashr etilishiga va'da berdi.

Yaponiya TIV maʼlumotlariga koʻra, “Katta yettilik” sammiti chogʻida bosh vazir Fumio Kisida yangi sanksiyalar paketiga uchinchi davlat kompaniyalarini kiritish niyatini bildirgan. Cheklovlar o‘tgan oy G7 va ularning ittifoqchilari tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar majmuasining bir qismi bo‘ladi.

120 ta tashkilot va mingdan ortiq odamlar

Hozirda Yaponiya mingdan ortiq odamlar va Rossiyadagi 120 ta tashkilotga sanksiyalarni joriy qildi. Ko‘plab banklar, tashkilot va kompaniyalarning aktivlari muzlatib qo‘yildi.

Yaponiya, shuningdek, 800 ga yaqin tovarlarni o‘z ichiga olgan eksporti taqiqlangan tovarlar va texnologiyalar ro‘yxatini tasdiqladi.

2023-yildagi cheklovlar

2023-yil dekabr oyida Yaponiya O‘zbekistonning ikki kompaniyasi – Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asiaga nisbatan eksport cheklovlarini joriy qildi. Bungacha ular AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan.