$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Samsung ilk uchbuklama telefonlarni cheklangan miqdorda sotuvga chiqaradi

samsung trifold

Samsung kompaniyasi birinchi uchbuklamafonlarini (ikki tarafdan bukiladigan smartfon) 2025-yilning uchinchi choragida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Janubiy Koreyaning The Elec nashri xabar berdi.

Buklama telefonlar ichida eng kattasi

Ushbu qurilma oddiy buklama telefonlarga qaraganda ancha kattaroq ekran bilan jihozlanadi. Qurilma to‘liq ochilganda displeyi 9,9 dyuymdan 10 dyuymgacha bo‘ladi, bu esa Galaxy Z Fold 6’ning 7,6 dyuymli displeyidan ancha kattaroqdir.

Tri Fold telefoni 2025-yilning uchinchi choragida Galaxy Z Flip 7, Galaxy Z Fold 7 va Galaxy Z Flip FE bilan birga chiqarilishi kutilmoqda. Tri Fold Samsung Display tomonidan ishlab chiqarilgan va 2022 yildagi CES’da (Xalqaro innovatsion iste’mol texnologiyalari ko‘rgazmasi) namoyish etilgan Flex G’ga o‘xshab ketadi. Uning ekrani uch qismga bo‘lingan bo‘lib, chap va o‘ng displeylarni markazga qarab bukish mumkin. Tri Fold uchun qismlarini ommaviy ishlab chiqarish yilning ikkinchi choragida boshlanadi.

Eksklyuziv miqdorda ishlab chiqariladi

Samsung Display tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu qurilmaning ekran dizayni uch qismga bo‘lingan bo‘lib, chap va o‘ng tomonlarni markazga qarab buklash mumkin.

The Elec ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung ushbu qurilmani yiliga 200 ming dona ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bundan kelib chiqilsa, kompaniya qurilmaning foydalanuvchilar orasida ommalashishini kutmayapti.

Huawei bilan raqobat

Insayderlar Samsung yangi texnologiyani raqobatchisi Huawei bilan kurashda ustunlikka erishish maqsadida ishga tushirayotgani taxmin qilishmoqda. Xabar berilishicha, Samsung’ning tri-fold Galaxy telefoni Android tizimida ishlaydi va Huawei Mate X3 Ultimate telefoniga muqobil sifatida ko‘rilmoqda. Huawei smartfonining uch qavatli dizayni texnologiya ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi va bu holat Samsung’ni ushbu segmentda o‘z o‘rnini mustahkamlashga undamoqda.

Avvalroq, Samsung kompaniyasi 800 nafar o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edik. Ta'kidlanishicha, ishchilar E-7 vizasi bo‘yicha O‘zbekistonda tayyorlanib, keyin Janubiy Koreyada faoliyat yuritadi.