Samsung 800 nafar o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlaydi
Ta'kidlanishicha, ishchilar E-7 vizasi bo‘yicha O‘zbekistonda tayyorlanib, keyin Janubiy Koreyada faoliyat yuritadi.
1 daqiqa o‘qiladi

2025-yilda O‘zbekistondan 800 nafar malakali mutaxassis Samsung Heavy Industries kompaniyasida ish bilan ta’minlanadi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
E-7 malakali mehnat vizasi
Ma’lum qilinishicha, kelishuv agentlik va kompaniyaning global kadrlar boshqaruvi rahbari Jinho Bae tomonidan imzolangan.
Ta’kidlash joizki, ishchilar E-7 vizasi bo‘yicha O‘zbekistonda tayyorlanib, keyin Janubiy Koreyada faoliyat yuritadi. E-7 malakali mehnat vizasi yuqori malakali mutaxassislarga uch yilgacha faoliyat yuritish imkonini beradi.
Samsung Heavy Industries
Samsung Heavy Industries (SHI) — Janubiy Koreyada joylashgan yirik va nufuzli og'ir sanoat kompaniyasidir. U asosan dengizda foydalaniladigan yirik inshootlar, kemalar va boshqa og'ir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi. SHI, Samsung Groupning bir qismi bo'lib, dunyo bo'ylab kemasozlik, neft platformalarini qurish, va og'ir sanoat texnologiyalarini ishlab chiqishda yetakchi hisoblanadi.



