$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

6 yildan buyon Samarqandga rahbarlik qilayotgan Turdimov “ko‘tarildi”

Turdimov

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Samarqand viloyati hokimiyati rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi.

Samarqand viloyatidagi o‘zgarishlar

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Prezident matbuot xizmati xabarida uning ishdan ketishi “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” izohlangan. Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq uning o‘rniga Adiz Muzafarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Erkinjon Turdimov esa Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tkazildi. Bu haqda ayni damda Samarqand viloyati hokimligida o‘tayotgan sessiyada ma’lum qilindi.

Picture background

Erkinjon Turdimov haqida 

Erkinjon Turdimov 1969-yil Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi. 1991-yildan bank tizimida faoliyat boshlagan, 1995—1996-yillarda Zarafshon shahar hokimining iqtisodiyot masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 1996—2000-yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy viloyat bo‘limi boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2000-2008-yillarda Xatirchi tumaniga hokimlik qilgan. 2008-yilda bir muddat Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2008-2016-yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016—2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U 2018-yil 13-iyuldan boshlab Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Picture background

Adiz Boboyev haqida

Adiz Boboyev 1972-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1993-yil Toshkent xalq xo‘jaligi institutini “Iqtisodiy va ijtimoiy rejalashtirish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1993—2002-yillarda Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi mutaxassisi, 2-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2002—2007-yillarda esa Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – jamlanma byudjet bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2008—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasi Daromadlarni prognozlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2010—2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi Daromadlarni rejalashtirish va jamlangan byudjet tushumlarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2012—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasi ijro etuvchi direktori o‘rinbosari, keyinchalik Byudjetdan tashqari ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2017—2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2019—2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash departamenti direktori lavozimida ishlagan. 2020—2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2023—2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-yanvardagi PF-21-sonli Farmoni bilan Adiz Muzafarovich Boboyev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlangan edi.

Теги :
Jamiyat