$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Salimboy” Qirg‘iziston janubini nazorat qilganmi?

salimboyvachcha

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Salim Abdivaliyevning mamlakatdagi ta’sir doirasi haqida gapirdi.

Tashqi kuchlar ta’siri

Tashiyev Qirg‘izistonda boshqa mamlakatlarning jinoyat olami yetakchilari ham o‘z ta’sir doirasiga ega bo‘lgani haqida fikr bildirib, Salim Abdivaliyev mavzusiga to‘xtaldi. “O‘zbekistondagi “Salimboyvachcha” mamlakatimizning janubini to‘liq nazorat qilardi. Janubda barcha UJG yetakchilari, yirik tadbirkorlar, hatto siyosatchilar va parlament deputatlari ham uning oldiga borardi. U aytgan hamma narsani bajarishardi”, — deydi Qirg‘iziston MXQ raisi.

“Men majbur bo‘ldim”

Tashiyev, shuningdek, bugungi kunda qo‘shni mamlakat uyishgan jinoiy guruhlardan xoli, jinoyat olamida esa “hech narsa qolmagan” iddao qilgan. Uning aytishicha, ulardan milliardlab dollarlar olingan. Tashiyevga ko‘ra, mamlakat Markaziy Osiyoda, hatto sobiq sovet davlatlari orasida ham uyishgan jinoiy guruhlar mavjud bo‘lmagan yagona davlat. “Hozir tadbirkorlar ilgarigidek hech kimga to‘lov qilmayapti. Ularni yo‘q qilganimizdan so‘ng dastlabki paytlarda tadbirkorlar hatto kimga to‘lash kerakligini qidirib yurardi”, degan u.

Salim Abduvaliyevning ozodlikka chiqarilishi

12-yanvar kuni Salim Abduvaliyev salomatligidagi muammolar tufayli jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan edi. U 2024-yil 19-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmiga ko‘ra, JKning 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

Теги :
Jamiyat