$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada migrantlar ishlashi uchun ruxsatnomalar soni 41 foizga oshdi

Migrant

Rossiyada viza rejimiga ega mamlakatlardan kelgan migrantlarga ishlash uchun ruxsatnomalar soni 2024-yilning 9 oyida 2023-yilning shu davriga nisbatan 41 foizga oshdi. Bu haqda mamlakatning Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Rossiya bilan viza rejimiga ega bo‘lgan davlatlar

Gap Rossiya bilan viza rejimiga ega bo‘lgan davlatlar, masalan, Xitoy, AQSH va Germaniyadan kelgan mehnat muhojirlariga ishlash uchun ruxsatnomalar berish haqida bormoqda.

Ishga ruxsatnoma patent kabi Rossiya Federatsiyasi hududida faoliyat yuritish uchun chet elliklarga beriladi. Bundan tashqari, ularni ishga joylashtirish uchun kompaniya birinchi navbatda xodimlarni jalb qilish uchun ruxsat olishi va shundan keyingina hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak.

Patent berish esa kamaygan

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi to‘qqiz oy ichida patent berish 2024-yilda 1,7 milliondan 1,6 millionga kamayganini ma’lum qildi. Patentni Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston kabi vizasiz mamlakatlar fuqarolari olishlari kerak.

Rossiyadan chiqarib yuborilgan 60 ming migrant

Shu bilan birga, 2024-yilda Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborilgan noqonuniy migrantlar soni ikki baravar ko‘paygan. Bu davrda 60 mingdan ortiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiyadan majburan chiqarib yuborilgan. 2023-yilning xuddi shu davrida taxminan 30 ming kishi bor edi.

Malakali kadrlarga ehtiyoj

Bundan avval Rossiyada xorijlik yuqori malakali mutaxassislar soni so‘nggi bir necha yil ichida 2/3 qismga kamaygani haqida yozgan edik. Bu haqda esa aynan “Continent Express” viza-migratsiya departamenti direktori Alla Gordiyenko o‘z kompaniyasining ma’lumotlariga asoslanib ma’lumot bergan. Asosan bu Rossiya bilan viza rejimiga ega mamlakatlar, xususan, Xitoy, Hindiston va Singapur fuqarolarida sezilgan, ular IT sohasiga faol jalb etilar edi. Unga ko‘ra, 2024-yilda ushbu fuqarolarga bo‘lgan ehtiyoj 2023-yilga nisbatan 40 barobar oshgan. Masalan, Keniya fuqarolariga bo‘lgan ehtiyoj 6 ming kishini tashkil qiladi

Теги :
Jamiyat