$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Moskvada o‘zbekistonlik kuryer bola o‘g‘risini to‘xtatib qoldi

kuryer

Rossiyaning Moskva shahrida Muhammadjon Obidov ismli o‘zbekistonlik yigit chaqaloqni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxsni to‘xtatib qoldi.

Oʻzbekistonlik qahramon

Qayd etilishicha, kuryer bo‘lib ishlaydigan ushbu yigit Moskvaning janubi-sharqidagi Vixino-Julebino tumanidagi bolalar maydonchasi yaqinidan o‘tib ketayotganda qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan onaga tashlangan erkakni ko‘rib, yordam berishga oshiqadi.

"Erkakni voqea sodir bo‘lishidan oldin ko‘rgandim. U kuryerlarning buyurtma qabul qilish punkti yonida turgandi. Buyurtmani olib, yetkazib berish uchun ketayotgandim. Yo‘lda bu odamning bir ayolni bezovta qilayotganini ko‘rdim-da, ortga qaytdim. U kichkina chaqaloqni onasidan tortib olib, yerga tashlab yubordi. Chaqaloqni qaytarib olish uchun uning orqasidan yugurdim. Shunchaki yordam bermoqchi edim. U chaqaloqni qayerga olib ketmoqchi bo‘lganligi menga noma’lum edi. Bolaga qilgan munosabati uchun unga ikki marta musht tushirdim. Shundan so‘ng u qochib ketdi. Bolani esa onasiga berdim”, - degan kuryer yigit.

Oʻgʻri spirtli ichimlik taʼsirida boʻlgan

Ma’lum qilinishicha, chaqaloqni o‘g‘irlash uchun ayolga tashlangan erkak muqaddam firibgarlikda ayblanib, sudlangan 27 yoshli Aleksey Kirichenko bo‘lib chiqdi. Bolani o‘g‘irlashga uringan vaqtda u spirtrli ichimlik ta’sirida bo‘lgan. Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Odam o‘g‘irlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.