$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyaga kirishda o‘zbekistonliklar uchun haddan tashqari ko‘p tekshiruvlar o‘tkazilmoqda

Rossiya migrantlari

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat qildi.

Uzoq va haddan tashqari ko‘p tekshiruvlar

Maʼlum qilinishicha, so‘nggi paytlarda elchixona Call-markaziga O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Rossiyaga kirishda yoki Moskva shahridagi Sheremetyevo xalqaro aeroportida tranzit orqali o‘tishda aeroport xodimlari tomonidan uzoq va haddan tashqari ko‘p tekshiruvlar o‘tkazilayotgani yuzasidan ko‘plab xabarlar kelib tushmoqda.

Elchixona holatni nazoratga olgan

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida elchixona Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat yubordi.

“Shu bilan birga, elchixonaning konsullik bo‘limi Sheremetyevo aeroportining chegara nazorati xizmati bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”, — deyiladi xabarda.