$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada migrantlarga ayrim sohalarda ishlash ta’qiqlangan hududlar ko‘paymoqda

migrant

Rossiyadagi mudhish teraktdan so‘ng migrantlarga nisbatan munosabat yanada yomonlashdi. Diskriminatsiya, tahdid, deputatlarning xorijliklarning Rossiyaga kirishini cheklash kabi fikrlari endi hujjatlarga ham ko‘chmoqda. Bir necha hududlarda rasmiy cheklovlar qo‘llanila boshladi.

Novgorod oblasti hokimiyati ishlash uchun patentga ega bo‘lgan xorijliklarga taksi va avtobus haydovchilari bo‘lib ishlash, shuningdek, alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilishni taqiqladi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.

Alkogolli va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilish ham mumkin emas

Tegishli farmonni oblast gubernatori Andrey Nikitin imzolagan. Hujjatga ko‘ra, ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijlik fuqarolarga alkogolli va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilish, shuningdek, avtobus va taksi haydovchilari bo‘lib ishlash taqiqlanadi.

Ishdan bo‘shatishlari lozim

Ish beruvchilar taqiq ostiga tushgan toifadagi xodimlarini 26-iyungacha ishdan bo‘shatishlari lozim bo‘ladi. Bu holatda taqiq Rossiyada istiqomat guvohnomasi (VNJ)ga hamda vaqtinchalik registratsiyaga ega bo‘lgan fuqarolarga, shuningdek Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolariga taalluqli bo‘lmaydi.

Bu esa MDH davlatlaridan O‘zbekiston, Tojikiston, Moldova, Ozarboyjon fuqarolari taqiq ostiga tushishini anglatadi.

Hujjat qabul qilinishidan maqsad nima?

Hujjat Ichki ishlar vazirligining tavsiyasi asosida, mehnat bozorini tartibga solish, migratsion vaziyatni barqarorlashtirish, oblast hududida ekstremistik va terrorchilik yo‘nalishidagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida qabul qilingani ta’kidlangan.