$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?

xavfsizlik kamari

Haydovchi va yoʻlovchilarning xavfsizlik kamari taqishlari qonun bilan belgilangan va bu qoida koʻplab hollarda xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur. Lekin baʼzi hollarda xavfsizlik kamarini taqmasdan ham avtomashina haydash mumkin.

Qonunchilikda belgilangan tartib 

Amaldagi qonunchilikka koʻra, quyidagi hollarda xavfsizlik kamarini taqmasdan avtomashina haydash mumkin:

— avtomobilning orqa oʻrindigʻidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga;

— oʻquv-mashq transport vositasini oʻquvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni oʻrgatuvchi amaliy mashgʻulotlar instruktori;

— homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar roʻyxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma mavjud boʻlganda);

— xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yoʻlovchilari.

Demak siz yuqoridagi holatlardan biriga mos kelsangiz avtomashinani xavfsizlik kamarini taqmasdan foydalanishingiz mumkin.

Теги :
Jamiyat
Avto