Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +8°

Farg‘onada sog‘lom erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Muassasadagi navbatchi psixiatrga o‘z ishiga beparvolik bilan yondashgani uchun hayfsan berildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada sog‘lom erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Sogʻlom erkak kasalxonaga yotqizilgach, uch kun davomida tekshirilgan.

Kasalxonaga yotqizilgan sogʻlom erkak

Aniqlanishicha, fuqaro B.N. tuman IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda qonunga zid ravishda Qoʻqon shahrida joylashgan viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bu haqda Oliy majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili(Ombudsman) xabar berdi. https://t.me/ombudsmanuz/3095

Holat Ombudsman tomonidan oʻrganildi

Holat nazoratga olindi va Ombudsmanning Fargʻona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.

Fuqaro tekshiruvga rozilik bermagan

Ombudsmanning hududiy vakili bilan uchrashuvda, fuqaro B.N. muassasaga ekspertizadan o‘tkazish uchun qabul qilinganida rozilik xatiga imzo chekmaganligini ma’lum qilgan.

"Shunga qaramay, u kasalxonaga yotqizilgan va uch kun davomida tekshirilgan. Keyin u sog'lom bo'lgani uchun uyiga jo'natilgan", - deyiladi xabar matnida.

Murojaat yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish davomida fuqaro B.N.ning soʻzlari tasdiqlandi.

“Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasi talablari buzilgan

Vaziyatni o‘rganish jarayonida “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi 2-qismi talablari buzilganligi aniqlandi. Qonunbuzarlarni intizomiy javobgarlikka tortish va bunday holatlar takrorlanmasligi uchun tegishli choralar ko‘rish uchun Ombudsman xulosasi Farg‘ona viloyati 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga topshirildi.