$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Eldor Shomurodov “Roma”ni tark etish arafasida

Shoma

Terma jamoamiz sardoriga Italiya A Seriyasining o‘zidan ikki klub qiziqish bildirmoqda.

Insayder axboroti

Insayder Nikolo Skiraga ko‘ra, A Seriyada harakat qilayotgan "Empoli" hozirda "Roma" sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritish uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. "Empoli" Shomurodovni "Roma"dan ijaraga olish bo‘yicha harakatni davom ettirmoqda.

“Roma” Shomurodovga o‘rinbosar topish payida

Corriere della Sera nashriga ko‘ra, o‘yinchining oldida ikkita variant bor, bular “Empoli” va “Kalyari”. Ammo gazetaning ta’kidlashicha, Toskana jamoasi (Empoli) poygada oldinda va kelishuv tez orada amalga oshishi mumkin. “Roma” esa hujumchiga o‘rinbosar topish harakatida.

Bu birinchisi emas

Umuman olganda Shomurodov 2021-yilning yozida Rim klubiga ko‘chib o‘tganidan beri har transfer oynasi arafasida “Roma”ni tark etishi haqida xabarlar tarqatiladi. Xususan, yozda ham klub 29 yoshli hujumchi bilan xayrlashishga yaqin turgandi, lekin o‘sha paytdagi bosh murabbiy Daniele De Rossi kutilmaganda Eldor haqidagi fikrini o‘zgartirib, uni jamoada olib qolgandi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli hujumchi joriy mavsum “Roma” tarkibida 14 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Eldorning rimliklar bilan shartnomasi 2026-yilning 30-iyunigacha mo‘ljallangan.

Теги :
Jamiyat