$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi davlat va mahalliy ahamiyatga ega yoʻllarning raqami yangilanadi

yo

2024-yil 4-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekistondagi davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllariga yangi raqamlar berilishi bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Qarorda yozilishicha, Oʻzbekistondagi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllarining raqami eski holicha qolgan. Davlat va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar raqamlari esa oʻzgargan.

Davlat ahamiyatidagi va mahalliy yo‘llar

Davlat ahamiyatidagi 4R bilan boshlanuvchi avtomobil yoʻllariga tartib boʻyicha D001 bilan boshlanuvchi raqamlar berilgan. Masalan, shu paytgacha 4R-50 Toyloq-Urgut yoʻli D069 tarzida raqamlangan. Boshqa yoʻllarga ham shu tarzda qayta raqam berilgan.

Mahalliy yoʻllarga esa avtomobil raqamlaridan kelib chiqib raqam berilgan. Masalan, Qoraqalpogʻistondagi barcha mahalliy yoʻllar 90V, Samarqand viloyati 30V tarzida boshlanadi.

Masalan, 4K522 Urgut-Pochvon-Ustaxona avtomobil yoʻliga 30V029 raqami berilgan. Respublikadagi barcha viloyatlar yoʻli shu tarzda qayta raqamlangan.

Qaror 1-yanvardan o‘z kuchiga kiradi

Qarorga koʻra, yoʻllarga yangi raqamlar berish tartibi 2025-yil 1-yanvardan boshlanadi. Qaror ijrosini ta'minlash Bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov va Transport vaziri Ilhom Mahkamovga yuklatilgan.

1800 tadan oshiq yoʻlning raqami o‘zgartiriladi

Qarorda Oʻzbekistondagi minglab yoʻllarning raqamlarini oʻzgartirishga nima sabab boʻlayotgani ochiqlanmagan.

Vazirlar Mahkamasining qaroridagi roʻyxatda 1800 tadan oshiq yoʻlning raqami almashtirilmoqda.

Теги :
Jamiyat