$
 12892.91
34.76
 14512.26
6.98
 160.34
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekiston terma jamoasi sardoriga Italiyaning o‘zidan “sovchilar” chiqmoqda

Shomurodov

Italiyaning “La Gazzetta dello Sport” nashri O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovga Italiyaning bir qancha klublari qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. 

Shomurodov Sardiniya orollariga qaytishi mumkin

Nashr axborotiga ko‘ra, milliy terma jamoamiz sardori xizmatiga “Kalyari”, “Empoli” va “Venetsiya” jamoalari qiziqmoqda. Sardiniya klubi 29 yoshli Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchi. Agar “Roma” yanvarda yangi hujumchi sotib olsa, o‘zbekistonlik futbolchi katta ehtimol bilan Rim klubini tark etadi. “Kalyari” Shomurodovga begona jamoa emas. Hujumchi 2023/24 yilgi mavsumda “Kalyari” to‘p tepib, 24 ta o‘yinda qatnashgan va 3 ta gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan.

“Roma” rahbariyati qarorlari

“Roma” rahbariyati anchadan beri Eldor Shomurodovni boshqa klubga to‘liq transfer qilish yo‘lini qidirib keladi. Biroq o‘zbek futbolchisiga qiziqayotgan klublar asosan musobaqa jadvalining quyi qismidan o‘rin olgan va o‘yinchiga maosh to‘lash borasida poytaxt klubi bilan tenglasha olmaydi. Il Messaggero gazetasiga ko‘ra, “Roma” mutasaddilari Shomurodov bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi. Endi klub da’vogar jamoalarga osiyolik legionerini to‘liq sotib olish talabini qo‘ymaydigan bo‘lgan. 

“Shoma va “Roma” tarixi” 

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portalida rimliklar o‘zbek hujumchisi uchun “Jenoa”ga jami 19,6 million yevro to‘lagani qayd etilgan. Ushbu nufuzli manbada o‘zbek futbolchisining ayni paytdagi transfer summasi 4 million yevrogacha arzonlagani ko‘rsatilgan. Shomudorov “Roma” safida jami 62 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golga hammualliflik qildi. Uning Rim jamoasi bilan shartnomasi 2026-yil yoziga qadar tuzilgan.

Теги :
Jamiyat