$
 12874.86
-18.11
 13525.04
-16.45
 123.06
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Rilslar miyani “chiritadi” — olimlar

Reels

Biz ongsiz ravishda lentani aylantirganimizda xabenula — miyaning motivatsiya va qaror qabul qilish uchun javobgar qismi faollashadi. U motivatsiyani ishga tushirishi va “o‘chirib” qo‘yishi mumkin. Doimiy dumskrolling tufayli xabenula bizning harakat qilish ishtiyoqimizni so‘ndiradi.

Xabenulaning yanada rivojlanishiga sabab

Har safar biz muhim ishni bajarish o‘rniga ijtimoiy tarmoqlarni tanlaganimizda bu xavotir va aybdorlik hissini keltirib chiqaradi, bu esa xabenulani yanada kuchliroq faollashtiradi. Natijada, motivatsiya yo‘qoladi, negativ hissiyotlar esa ortib boradi.

Dumskrolling xotirani yomonlashtiradi

Eng yomoni, dumskrolling xotirani yomonlashtiradi. O‘ylang, uxlashdan oldin ko‘rgan roliklaringizdan nechtasini eslay olasiz? Odatda ular xotiradan o‘chib ketadi.

Dumskrollingni qanday yengish mumkin? 

• Ijtimoiy tarmoqlarni varaqlash o‘rniga do‘stlar yoki qarindoshlarga qo‘ng‘iroq qiling.

• Muvozanatga rioya qiling: 80% onlayn vaqtingizni foydali kontentga sarflang, rils uchun 20%ni ajrating.

• Ekran vaqtini cheklash rejimini yoqing. 

• Smartfondan foydalanish man qilingan uy zonalarini tashkillashtiring.

• Piyoda, velosipedda sayr uchun vaqt ajrating.

Теги :
Jamiyat