$
 12072.96
52.48
 14177.28
128.95
 161.17
2.4
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda eng iqlimi toza shahar qaysi?

positive

O‘zbekistonda eng iqlimi toza shahar qaysi?

O‘zbekistonning yashil shaharlari reytingi e’lon qilindi.

Eng toza shaharlar

Tasdiqlangan ekologik "master-reja" larni (EMR) amalga oshirish, shuningdek, ko‘rsatkichlarni yaxshilash asosida yiliga bir marta yangilanadigan reyting ma’lumotlari e’lon qilindi.

Bunga ko‘ra, Namangan shahri 100 baldan 62,29 ball to‘plagan holda birinchi o‘rinni egalladi. Aholi jon boshiga yashil maydonlar soni bo‘yicha yetakchi – Samarqand 61,13 ball bilan ikkinchi o‘ringa muvaffaq bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni 59,50 ball bilan Navoiy shahri egallagan bo‘lib, unda kishi boshiga respublika bo‘ylab iste’mol qilinadigan elektr energiyasining eng kam miqdori to‘g‘ri keladi

Buxoro va Samarqand uchun ekologik "master-reja"lar 

Anjumanda shaharlarning birinchi ekologik "master-reja" taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tajriba sifatida tanlab olingan Buxoro va Samarqand uchun ekologik "master-reja" lar ishlab chiqilgan.

Hujjatlar shaharlar infratuzilmasini va hududiy rejalashtirishni takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish hamda atrof-muhit va tabiiy resurslarga salbiy ta’sirlarni kamaytirish bo‘yicha shahar ma’muriyatlari uchun chora-tadbirlar rejasiga aylanadi.

"Green City" Index metodologiyasi

O‘zbekistonda "Green City Index" metodologiyasi 7 turdagi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi: havo sifati, yerdan foydalanish, suv iste’moli, transport, energiya, chiqindilar va sanitariya. Ko‘rsatkichlarning deyarli yarmi miqdoriy bo‘lib, rasmiy ma’lumotlarga asoslangan, qayta ishlash darajasi va ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi shular jumlasidandir. 

Shaharlar umumiy reyting va har bir toifadagi individual reytinglar asosida baholanadi.

Теги :
Jamiyat