O‘zbekiston xalqaro IQ reytingida 11 pog‘ona yuqoriladi
Reytingning eng yuqori o‘rinlarini esa Xitoy (107.43), Eron (106.63) va Janubiy Koreya (106.57) kabi davlatlar egallagan.
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro IQ test platformalarining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilda 80-o‘rinni egallagan bo‘lsa, o‘tgan yilda 11 pog‘ona yuqoriladi.
O‘zbekistonning IQ reytingidagi o‘rni
2025-yil 1-yanvardagi so‘nggi statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonning o‘rtacha IQ ko‘rsatkichi 96.98 ballni tashkil etmoqda. Testda 8 mingdan ziyod o‘zbekistonlik ishtirok etgan. Bu ma’lumotlar xalqaro IQ test portallari va mustaqil manbalar tomonidan taqdim etilgan.
Markaziy Osiyodagi holat
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston IQ reytingida 97.27 ball (5 732 ishtirokchi) bilan yetakchilik qilmoqda. Qirg‘iziston esa 95 ball (1 550 ishtirokchi) bilan 84-pogonada. Eng past daraja esa, 96-o‘rin, 93.75 ball (422 ishtirokchi) bilan Tojikistonga nasib etdi.
IQ testi haqida
IQ darajasi (ing. intelligence quotient - “ay-kyu” deb o‘qiladi) - bu odam aql-zakovat darajasining miqdoriy bahosi (aqliy rivojlanish koeffitsiyenti), maxsus testlar yordamida aniqlanadi.
Qayd qilinishicha, IQ test reytingi International IQ test portali orqali ixtiyoriy testdan o‘tgan odamlarning natijalariga asosan tuzilgan.
Insonning o‘rtacha IQ darajasi 100 ballni tashkil qiladi. 100 dan yuqori qiymatlar o‘rtachadan yuqori, 100 dan past qiymatlar o‘rtachadan past deb hisoblanadi. IQ darajasi 70 balldan past bo‘lsa, aqliy zaiflik mavjudligini ko‘rsatadi.
Reyting
Eng yuqori IQ ko‘rsatkichiga ega 10 ta mamlakat:
1. Xitoy – 107.43
2. Eron – 106.63
3. Janubiy Koreya – 106.57
4. Yaponiya – 106.54
5. Singapur – 105.25
6. Rossiya – 103.31
7. Mongoliya – 103.13
8. Avstraliya – 102.67
9. Armaniston – 102.64
10. Ispaniya – 102.37
60-o‘rindan 70-o‘ringacha:
60. Tunis – 97.75
61. Myanma – 97.66
62. Albaniya – 97.54
63. Moldova – 97.42
64. Jazoir – 97.34
65. Misr – 97.31
66. Qozog‘iston – 97.27
67. Nepal – 97.16
68. Marokash – 97.12
69. O‘zbekiston – 96.98
70. Iordaniya – 96.90
Reytingda eng quyi pog‘onalarni egallagan 10 ta mamlakat:
118. Togo – 89.95
119. Tanzaniya – 89.83
120. Nikaragua – 88.85
121. Kongo Demokratik Respublikasi – 88.58
122. Kot-d’Ivuar – 88.54
123. Senegal – 88.19
124. Mozambik – 87.92
125. Benin – 87.11
126. Angola – 86.14
127. Gabon – 85.56



