$
 12967.00
11.74
 13352.12
25.04
 126.49
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda sugʻurtalovchilarning murojaatlarni koʻrib chiqish, tovon pulini vaqtida berishi va toʻlov qobiliyatini baholovchi reyting yuritiladi

sug

Adliya vazirligi tomonidan sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Reyting qayerda eʼlon qilinadi?

Nizom bilan sug‘urtalovchi yoki qayta sug‘urtalovchilarning sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi sifati bo‘yicha reytingini aniqlash va yuritish tartibi belgilandi. 

Unga ko‘ra, sug‘urtalovchilar reytingi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantiriladi. Rasmiy veb-saytida har oyning 10 sanasida yangilangan holda e’lon qilib boriladi. 

Baholash mezonlari

Sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash uchun ularning faoliyati tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi. Ya’ni, umumiy sug‘urta da’volari soniga nisbatan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan sug‘urta da’volari soni, sug‘urta tovoni (to‘lovi)ni to‘lash tan olingan sug‘urta da’volari umumiy soniga nisbatan o‘z vaqtida to‘langan sug‘urta tovonlari (to‘lovlari) soni baholanadi. 

Umumiy sug‘urta da’volari soniga nisbatan qanoatlantirilgan sug‘urta da’volarining nisbati, sug‘urta turlari bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari va sug‘urta to‘lovlarining nisbati, sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatlilikning yetarlilik normativi, investitsiya faoliyati natijadorligi, sug‘urta zaxiralari shakllantirilgani, sug‘urtalovchining filial (sotuv markaz)lari soni ko‘rib chiqiladi. 

Eʼtirozlar mavjud boʻlsa...

Baholash ko‘rsatkichlari va unga berilgan ballar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sug‘urtalovchining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida real vaqt rejimida aks ettiriladi. 

Reyting ma’lumotlari bo‘yicha sug‘urtalovchining e’tirozlari mavjud bo‘lganda, o‘z shaxsiy kabineti orqali vakolatli davlat organiga murojaat qiladi va uning murojaati besh ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Теги :
Jamiyat