Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +8°

Endi qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq barcha bitimlar raqamlashtiriladi

O‘zbekiston Adliya vazirligi qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimlari tartibini belgilovchi yangi nizomni tasdiqladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Endi qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq barcha bitimlar raqamlashtiriladi

“Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Nizom qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, infratuzilma obligatsiyalari va qimmatli qogʻozlarning hosilalarining oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Birjadan tashqari savdolar tashkilotchilarining vazifalari

 Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi oʻz mijozlariga quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:

yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtmalarni qabul qilish va ularning qanoatlantirilishi uchun buyurtmaning shartlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratish;

qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisi boʻyicha savdolarni tashkil etish;

qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqlarini oʻtkazishni rasmiylashtirish uchun barcha zaruriy harakatlarni ta’minlash;

qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish;

BTST (birjadan tashqari savdolar tizimi)da muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar kotirovkasi haqida ma’lumot berish;

qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni aniqlash va hisobga olish (kliring).

Elektron ro‘yxatga olish jarayoni

Fond birjasining birja kotirovkalash varagʻida mavjud boʻlmagan qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozoridagi savdolarga qoʻyilishi mumkin.

Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish elektron shaklda amalga oshiriladi.