Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°

Bu ishda “chechen izi” borligi asossiz ayblov – Ramzan Qodirov

Checheniston rahbari Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasining sobiq xodimiga qilingan suiqasd voqeasi haqidagi OAVda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabar bildirdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Bu ishda “chechen izi” borligi asossiz ayblov – Ramzan Qodirov

Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasining sobiq xodimiga qilingan suiqasd voqeasida “chechen izi” borligi haqidagi taxminlarni “asossiz ayblov” deb baholadi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov.

“G‘arbga moyil OAVlarning asossiy ayblovi”

— Bir necha hafta oldin Oʻzbekistonda prezident administratsiyasining sobiq xodimi boʻlgan shaxsning mashinasiga oʻq uzildi, deb yozdi Qodirov oʻzining Telegram kanalida. — Hodisa yuzasidan tergov natijalari eʼlon qilinmasidan oldin, ayrim gʻarbga moyil va mamlakatdagi oppozitsion OAVlar bu voqeada “chechen izi” borligi haqida asossiz ayblovlarni ilgari surdi va meni ayblashdi.

Shimoliy Kavkaz Respublikasi rahbari “provokatsion xabarlar tarqalishiga” javob bermasligini taʼkidlab, “haqiqatda biror narsa rejalashtirgan boʻlganida, albatta uni oxirigacha yetkazib, yuz foizlik natijaga erishgan boʻlar edi”, dedi.

Oʻzbek va chechen xalqlari umumiy tarixiy oʻtmishga ega

Qodirovning soʻzlariga koʻra, oʻzbek va chechen xalqlari umumiy tarixiy oʻtmishga ega qardosh xalqdir. U shaxsan oʻzini Oʻzbekiston bilan otasining hayoti orqali bogʻliqligini taʼkidladi.

“Ushbu maʼlumotlarning tarqalishini ayrim uchinchi shaxslarning siyosiy oʻyinlari uchun vosita va mamlakatlarimiz oʻrtasida nizo keltirishga ochiq urinish deb baholayman”, deya taʼkidladi Qodirov va maʼlumot manbalarini aniqlash ishlari olib borilayotganini qoʻshimcha qildi.