$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Ramazon oyi qachon boshlanadi?

Ramazon

Ramazon oyining 2025-yildagi birinchi kuni astronomik hisob-kitoblar asosida taxmin qilindi.

Ramazon oyining ilk kuni

Ramazon oyining 2025-yildagi birinchi kuni 1-mart, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi astronomik hisob-kitoblar asosida taxmin qilinmoqda. Islom taqvimi bo‘yicha 1446-yil Shabon oyining 29-kuni 2025-yil 28-fevralga to‘g‘ri keladi. Odatda, Ramazon oyining kirishi oyning yangi yarim oy fazasini ko‘rish bilan tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan, ko‘plab islom mamlakatlari, jumladan, Saudiya Arabistoni va Misr, astronomik kuzatuvlar yordamida oyni rasmiy kuzatadi. 2025-yilda Qohira osmonida yarim oy taxminan 37 daqiqa, Makka shahrida esa 33 daqiqa davomida ko‘rinadi.

Tasdiqlovchi omil

Ma’lumot uchun, Ramazon oyida kunduzgi ro‘za davomiyligi har bir mamlakatning geografik joylashuviga qarab turlicha bo‘ladi. Astronomik prognozlar oxirgi tasdiqlovchi omil emas. Ramazon oyining kirishi haqida rasmiy qaror har doim mahalliy diniy idoralar va muftiylar tomonidan oyni kuzatish natijalariga ko‘ra e’lon qilinadi.

Fatvo hay’atlarining majlisi 

O‘tgan 2024-yilda Ramazon oyining birinchi kuni 11-mart kuni boshlangan. Undan avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hay’atlarining onlayn majlisi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik ma’lumotlar atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqilgan.

Теги :
Jamiyat