$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi

rais

Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi. 11-fevralda qabul qilingan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Fuqarolar yig‘ini raisi

Fuqarolar yig‘ini raisi lavozimi O‘zbekiston Respublikasida 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonun bilan rasman tashkil etilgan.

Vakolat muddati

Dastlab, ushbu lavozimga saylangan shaxslarning vakolat muddati ikki yarim yil etib belgilangan edi. Keyinchalik, 2018-yilda bu muddat uch yilga uzaytirildi.

Asosiy vazifalari

Fuqarolar yig‘ini raisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Fuqarolar yig‘ini nomidan davlat organlari, shu jumladan sudlarda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda ishtirok etish, shartnomalar tuzish;

Fuqarolar yig‘ini mablag‘larini qonunchilikka muvofiq tasarruf etish;

Tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etish;

Egasiz mol-mulkni, meros qilib olinmagan mol-mulkni hisobga olish va saqlashni ta’minlash;

Fuqarolar yig‘ini qarorlarini ijro etilishini tashkil etish va nazorat qilish.

Shuningdek, fuqarolar yig‘ini raisi mahalla hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy qadriyatlar va an’analarni saqlash kabi masalalarda ham faoliyat olib boradi.

 Avvalgi raislar 3 yillik muddat tugagunicha faoliyatini davom ettiradi

Yangi qabul qilingan qonunga muvofiq, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirilishini, bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘inlari raislarining 5 yil muddatga saylanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari aniqlashtirildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonun amalga kiritilguniga qadar saylangan fuqarolar yig‘inlari raislari o‘z vakolatlarini ular saylangan 3 yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi.