$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda kuzatilayotgan yogʻingarchilik qishloq xoʻjaligiga qanday taʼsiri koʻrsatyapti?

rain

Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati Oʻzbekistonda bahor oylarining seryogʻin kelishining qishloq xoʻjaligi ekinlariga hamda mavjud suv resurslariga taʼsiri haqida maʼlumot berdi.

Ijobiy taʼsir

Qayd qilinishicha, Oʻzbekistonda mart-aprel va may oylarida har doimgidan koʻproq yogʻingarchilik kuzatilmoqda. Bu qishloq xoʻjaligi ekinlari rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. 

Qolaversa, suv zaxiralarini koʻpayishiga va yil davomida qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishida suv taqchilligiga barham berishga yordam beradi.

Shuningdek, yog‘ingarchilik qishloq xoʻjaligi ekinlarini suvga boʻlgan talabini bir qismini toʻldirish, tuproqdagi namlikni saqlab turishda juda katta ahmiyat kasb etadi.

Sugʻorish uchun qancha suv kerak?

Respublikadagi mavjud sugʻoriladigan maydonlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun 2024- yil sugʻorish mavsumida jami 38,2 millard kub metr, jumladan, asosiy ekinlarga 30,2 millard kub metr hamda aholi tomorqalari va takroriy ekinlarga 8,0 millard kub metr suv talab etilishi hisob-kitob qilindi.

Shunga asosan bahor oylarida yogʻib oʻtgan yogʻin miqdori va respublikamizdagi mavjud suv omborlardagi suv zaxiralari, shuningdek, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida joylashgan togʻlardagi qor zaxiralarini hisobga olib, suv yetishmovchiligini 30-35 foiz qismini qoplashi kutilmoqda.