Yangicha firibgarlik: onlayn qurol savdosi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarga qurol olib berishni va’da qilib ularning pullarini o‘zlashtirish holati aniqlandi.
1 daqiqa o‘qiladi

Yangicha firibgarlik: onlayn qurol savdosi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarga qurol olib berishni va’da qilib ularning pullarini o‘zlashtirish holati aniqlandi.
Qurol sotuvchiligiga ish taklifi
Bir Telegram kanalida qurol savdosi uchun ochiqchasiga ishchi qidirilayotganligi to‘g‘risida e'lon joylashtiriladi.
Qo‘lga olinganlardan biri esa bu ish o‘rni uchun qiziqqanlardan edi. Unga 1 500 dollar miqdorida oylik maoshi va’da qilingan.
Telegramda qurollar savdosi
Qurol savdosida bir guruh shaxslar fuqarolarga Telegram kanallari orqali 100 dollardan 300 dollargacha bo‘lgan narxlarda qurol sotishlarini hamda yashirin tarzda ularni yetkazib berishlarini aytishadi va ularning ishonchiga kirib, kanallarga joylashtirilgan kartalarga qurol sotib olish niyatida bo‘lganlarning pullarini o‘zlashtirib kelishgan.
Noma’lum sotuvchi
Pullarni esa mo‘maygina daromad olish niyatida bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali yollangan yigitlarning bank kartalariga tashlashgan. Ular esa pullarni noma’lum sotuvchiga kriptovalyuta shaklida yetkazib turishgan.
Bu onlayn qurol savdosi esa firibgarlikning yangi turi bo‘lib chiqdi. Qurol olish maqsadida bo‘lgan fuqarolar pullaridan ham ayrilishgan, hechqanday qurolni ham olishmagan.



