$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Qurilishlardagi burilishlar: 144 ta yaroqsiz bino, 338 ta sifatsiz bajarilgan ish

qurilish

Qurilishlardagi burilishlar: 144 ta yaroqsiz bino, 338 ta sifatsiz bajarilgan ish

Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Buzdirish va ko‘chirish ishlari

AOKAda Bosh prokuratura mas’ul xodimi Mansur Ro‘zimov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda qurilish sohasida qonunchilik ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bunga ko‘ra, ta’lim sohasi obyektlari qurilishi belgilangan hududlarda joylashgan 144 ta yaroqsiz bino - inshootlar  to‘liq buzdirilgan hamda qurilishga to‘sqinlik qiluvchi 569 ta daraxtning ko‘chirish masalasi hal etilganligi aytildi.

Hujjatlarga kiritilgan 2,4 trln. so'm asossiz mablag‘lar

O‘rganishlarimiz natijasida loyiha hujjat-lariga asossiz kiritilgan salkam 2,4 trln. so‘m mablag‘ maqbullashtirilganligi aytilmoqda.

Bundan tashqari, obyektlarda o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida 338 ta holatda sifatsiz bajarilgan 25,5 mlrd. so‘mlik hamda 138 ta holatda hisobotlarga qo‘shib yozilgan 44,4 mlrd. so‘mlik ishlar bartaraf etilgan.

Sohada qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli idoralarga 360 ta taqdimnomalar kiritilib, 1 104 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan va 1 799 nafari rasman ogohlantirilgan.

Qo‘pol qonun buzilishi holatlari

 Aniqlangan qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 179 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 90,1 mlrd so‘mlik zarar undirilishi ta’minlangan hamda 9 823 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklanganligi aytildi.

Iqtisod qilingan mablag‘lar aholining dolzarb muammolarini hal qilish va qo‘shimcha ishlar bajarishga yo‘naltirilishi aytib o‘tildi.

Теги :
Jamiyat