6 oy mobaynida O‘zbekistonda 79,8 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida 79,8 trln. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida 79,8 trln. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga qaraganda necha foizga oshdi?
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,1 % ga oshdi.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida hududlar kesimida xususan, Toshkent shahri(19 288,6 mlrd. so‘m), Toshkent viloyati(8 007,6 mlrd. so‘m) va Buxoro viloyatida (5 893,4 mlrd. so‘m) qurilish ishlarining yuqori hajmi qayd etilgan.
Bunyodkorlik shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, ammo atrof-muhit-chi?
Oldinroq Samarqand viloyatida 31 tup daraxt qurilish maqsadida nobud qilinib, tabiatga 270 millionlik zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, yurtimizda muntazam qurilish ishlari olib borilishi chang-to‘zon ko‘tarilishiga, qurilish uchun bo‘sh joylar ajratilishi esa daraxtkushlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
Bir tomonda bunyodkor, bir tomonda esa…
“Boqiy Buxoro” qad rostlayotgan Buxoroda tarixiy “Ark” kuchli shamolga dosh bera olmayapti nomli tahliliy maqola e’lon qilingan edi.
“Boqiy Buxoro” Etnografik parki uchun qancha mablag‘ ajratilgan edi.



