Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +8°

Yarim yil ichida qurilish hajmi keskin oshib ketdi

Bu davrdagi qurilish ishlarining hajmi salkam 60 trillion so‘mga yetgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Yarim yil ichida qurilish hajmi keskin oshib ketdi

2024-yilning dastlabki 6 oyida jami 60 trillion so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning ayni davriga nisbatan 107 foizga ko‘proqdir. Ayni paytda mamlakatimizda 31 mingdan ortiq qurilish-pudrat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, qurilishlarning juda katta qismi ushbu tashkilotlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yangi tizim bilan ishlar yaxshilanmoqda

“Avvallari qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan imzolangan shartnomaga ko‘ra bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot yoki hisobvaraq-fakturalar qog‘oz ko‘rinishida, ya’ni turli byurokratik to‘siqlarga duch kelingan holda rasmiylashtirilar edi. Bu esa pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish va mablag‘ ajratilishida sun’iy to‘siqlarga sabab bo‘lardi”, - deya fikr bildirdi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov.

Yangi tizim mazmuni

Yangi qabul qilingan “Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, 1-oktyabrdan qurilish sohasida bir necha o‘zgarishlar kuchga kiradi. Xususan:

  • byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlarda bajarilgan qurilish-montaj ishlari topshirilganda yangi shakldagi hisobvaraq-faktura orqali taqdim etilishi belgilandi;
  • markazlashtirilgan manbalar hisobiga bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha pudrat tashkilotlari hisobotlarini raqamlashtirish hamda amalga oshirilgan xarajatlarni moliyalashtirish takomillashtirildi.