$
 12967.00
11.74
 13352.12
25.04
 126.49
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

Poytaxtda noqonuniy qurilmalar demontaj qilinmoqda

inshoot, qurilish

Toshkent shahar hokimligi ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari davom ettirilayotganini ma’lum qildi. Noqonuniy qurilmalar shahar infratuzilmasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aholining kundalik hayoti va xavfsizligini tahdid ostiga qo‘ymoqda.

Noqonuniy inshootlar qanday muammolarni keltirib chiqaradi?

Hokimlik xabarida noqonuniy inshootlar quyidagi muammolarni keltirib chiqarayotgani ta’kidlandi:

— Irrigatsiya tizimiga zarar yetkazib, suv bosish xavfini oshiradi.

— Bolalar aravalari va imkoniyati cheklangan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradi.

— Shahar me’moriy ko‘rinishini buzib, yashil hududlarga kirishni cheklaydi.

Ogohlantirish

Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlar va poytaxt aholisini o‘z mulklariga oid hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga mosligini qayta tekshirishga, shuningdek, ko‘chmas mulk xarid qilishda yuridik maslahat olishga chaqirdi. Kadastr xizmatlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarsiz boshqa har qanday hujjatlarning qonuniy kuchga ega emasligi eslatib o‘tildi.

Hokimlik fuqarolarni noqonuniy qurilishlar va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq barcha tafsilotlarni aniqlash uchun vakolatli organlarga yoki onlayn davlat xizmatlariga murojaat qilishni tavsiya etdi.

Теги :
Jamiyat