$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Nyu-Yorkda oʻzbek oilasi oʻldirildi. Batafsil ma’lumotlar qanday?

positive

Nyu-Yorkda oʻzbek oilasi oʻldirildi. Batafsil ma’lumotlar qanday?

Qotil bolalarning jasadini kir qoplariga solib, javon ichida qoldirgan. 

Nyu-Yorkning Bruklin shahrida o‘zbekistonlik oilaning 4 nafar a’zosi o‘ldirib ketildi. Bu haqda The New York Post xabar berdi.

Mudhish qotillik

Politsiya 19-iyul kuni soat 22:20 da 8-Gʻarbiy koʻcha P. avenyu yaqinidagi uyda 56 yoshli F. M.ning boʻgʻziga bir necha bor pichoq urilgan holda, 27 yoshli kelin M. X. ham ayni shu usulda oʻldirilgan. O‘ldirilganlarning ikki nafari voyaga yetmagan bolalardir. Ikki nafar bola - 5 yashar K.Sh. va 4 yashar T.Sh. ham pichoq bilan oʻldirilib shkafdan qopga solingan holda topilgan. 

Guvoh vijdon azobida qolgan

Ma’lumotlarga koʻra, voqea sodir boʻlayotgan vaqtda qoʻshnilardan biri kvartira eshigi tagida bolalarning “Mama”, “Onajon”, deya qoʻrquv bilan baqirayotganini eshitgan hamda ovozlarni yozib olgan. Otasining politsiyaga aytishicha, guvoh hozirda vijdon azobida qiynalmoqda. U qayta-qayta “Nega politsiyaga qoʻngʻiroq qilmadim?”, “Nega ichkariga kirmadim” deya ich-etini yemoqda. Lekin politsiyaning soʻzlariga koʻra, agar qoʻshni yordamga kirganda, uydan 4ta emas, 5ta jasad topilishi mumkin edi. 

Qotil begona emas

Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Aniqlanishicha, 24 yashar qotillikda gumonlanayotgan shaxs oilaga begona emas. U 56 yoshli F.M.ning oʻgʻillaridan biri. 

The New York Post nashriga koʻra, 56 yashar onasi, akasining 27 yashar ayoli va 2 nafar jiyanini o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan shaxsni ruhan nosog‘lom bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda. U voqea joyida hibsga olingan. 

Gumonlanuvchi giyohvand moddalar iste’mol qilib kelgan

Oʻzini Paul deb tanishtirgan boshqa bir qoʻshni erkak esa voqeadan biroz vaqt oʻtib, gumonlanuvchi - amakining bino ichidan chiqib kelayotganini koʻrgan. Ammo uni politsiya qoʻlga olishga harakat qilganda, amaki qarshilik koʻrsatmaydi va “Men aybsizman. Bu ishni men qilmadim. Uyda boshqa odam ham bor edi,” - degan. Qoʻshnilarga koʻra, gumonlanuvchi ruhiy nosogʻlom boʻlib, binoda hamma undan qoʻrqar, oilasi uni asosan uyda saqlagan boʻlgan. Bundan tashqari, voqeadan biroz avval u otasi bilan kelishmovchilikka ham borgan. Boshqa bir qoʻshniga koʻra esa, u ancha vaqtdan beri giyohvand moddalar iste’mol qilib kelgan. Gʻazabini nazorat qila olmaydigan, agressiv odam boʻlgan.

Теги :
Jamiyat