Pichoqbozlik: Toshkentda erkak ayolining sobiq erini o‘ldirdi
Sud mahkumni 17 yillik qamoq jazosiga hukmn qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar Bektemir tumanida yigit ayolining sobiq erini 24 marta pichoqlab o‘ldirdi. U qilgan ishi uchun marhumning oilasidan uzr so‘radi.
Ayolining sobiq eri bilan ziddiyatli holat
Maʼlum qilinishicha, 1997-yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 1998-yilda tug‘ilgan shaʼriy nikohidagi ayolining sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalaridagi ziddiyatli holatlarga barham bermoqchi bo‘lgan. Shu maqsadda Bektemir tumanidagi savdo majmuasi oldida uchrashgan.
24 marta pichoqlagan
Sudlanuvchi jabrlanuvchiga 24 marta o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazgan. Ushbu holat esa savdo majmuasidagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Tez yordam xodimlarining harakatiga qaramasdan, yigit voqea joyida vafot etgan.
Qotil 17 yilga “kesildi”
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sudda sudlanuvchi bo‘lib o‘tgan holatlar yuzasidan maʼlumot berishni istamadi.
Erkak sud hukmi bilan 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman
“Oilasidan ham kechirim so‘rayman. Bunday bo‘lishini xohlamagan edim. Uzr so‘raganim bilan baribir qaytib kelmaydi. Kechira olsangiz, kechiring”, deydi aybdor.



