Oilaviy janjal qotillikka aylandi
Kuyov janjal tufayli mast holatda qaynona va qaynotasini pichoqladi.
2 daqiqa o‘qiladi

Oilaviy janjal qotillikka aylandi
Kuyov janjal tufayli mast holatda qaynona va qaynotasini pichoqladi.
Taniqli hamda piyonista kuyov
Samarqandning Payariq tumanida yashovchi oila va ichkilikka ruju qo'ygan kuyov mahalladoshlariga yaxshigina tanish edi.
32 yoshli kuyov muqaddam ham o'z ayoliga pichoq bilan tahdid qilib, uni do'pposlaganligi aytilgan. Bunday paytlarda esa mast yigitdan o'zini asrash uchun ayol ota uyidan qo'nim topishi ham aniq edi.
Qotillik va chora ko'rilmay kelgan holatlar
Kelinning aytishiga qaraganda bunga o'xshash jiddiy nizolar, kaltaklanishlar oldin ham yuz bergan, ammo yigitga tegishli choralar ko'rilmagan. Negaki, aynan shu mahallada yigitning onasi muammoli oilalar bilan ishlash bo'limida faoliyat yuritgan.
Alida qotillik yuz bergan kunda ham kuyov qilgan janjali uchun sudga chaqirtirilgan edi, ammo u qaynotasining uyiga yo'l olgan bo'lgan.
Pichoq ko'tarib borgan kuyov avvaliga birinchi uchragan qaynonasiga tan jaxotlari yetkazgan buni ko'rib chopib kelgan qaynotasini ham pichoq bilan jaroxatlagan. Ikkala shaxs ham olgan og'ir tan jaroxatlari tufayli voqea joyida vafot etishgan. Kuyov o'sha vaqtda ham mast bo'lgan.
Jinoyat ishi
Vaxshiylik bilan sodir etilgan qotillik ishi, o'ta og'ir jinoyatlarni tergov qilish bo'limiga topshirilgan.
Ish yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi A va J bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.



