Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

Varshavada oʻzbekistonlik yigit ukrainaliklarni pichoqladi

Sovuq qurol bilan amalga oshirilgan hujum Varshavadagi Brodnensk parkida roʻy bergan. Politsiya hujum qilgan shaxsni ushlagan.

1 daqiqa o‘qiladi

Varshavada oʻzbekistonlik yigit ukrainaliklarni pichoqladi

Wyborcza nashrining xabar berishicha, Polsha poytaxti Varshava shahrida oʻzbekistonlik 26 yoshli yigit ukrainalik 15 yoshli oʻsipinlarni pichoq bilan jarohatlagan.

Polsha ommaviy axborot vositalari ma'lumotiga koʻra, hujum qilgan shaxs ovqat yetkazib beruvchi kompaniyalardan birining ryukzagi bilan voqea joyiga yetib kelgan.

Jinoyatchi kalitlari va telefonini tushirib qoldirgan

Voqea joyiga yaqinroqda qutqaruvchi boʻlgan va u jabrlangan oʻspirinlarga birinchi yordamni koʻrsatgan. Keyinchalik oʻspirinlar shifoxonaga yetkazilgan. Voqea joyida jabrlangan oʻspirinlarning bir necha tengdoshlari ham boʻlgani aytilmoqda.

Jinoyatga qoʻl urgan yigit qocha turib kalitlari va uyali telefonini tushirib qoldirgan. Uni politsiya voqea joyidan 500 metr narida qoʻlga olgan.

Qoʻli, qorin sohasi va koʻkrak qafasidan kesilgan

Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, oʻspirinlar qoʻli, qorin sohasi va koʻkrak qafasidan kesilgan va sanchilgan jarohatlar olishgan. Oʻspirinlardan birining jarohatlari u qadar jiddiy emasligi aytilmoqda. Varshava politsiyasi hozircha ukrainalik oʻspirinlarning holati qay ahvolda ekanini oshkor etolmasligini aytgan.