$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tolibon” Qo‘shtepa kanalining ikkinchi bosqichida oltita yirik ko‘prik qurmoqchi

Tolibon ko

Afg‘oniston hukumati Qo‘shtepa kanali loyihasining ikkinchi bosqichi bo‘ylab oltita yirik ko‘prik qurilishini ma’lum qildi.

Uchinchi ko‘prik qurilmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, bu ko‘priklar kanal orqali o‘tadigan tuman va qishloqlarni bog‘lash uchun xizmat qiladi. Qo‘shtepa kanali loyihasi rahbariga ko‘ra, ko‘priklar Sho‘rtepa, Qarqin, Xamaab kabi tuman va shaharlarni bog‘laydi. Shuningdek, loyiha har ikki tomondagi odamlarning ijtimoiy, iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashi kutilmoqda. Hozirgi ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, Balx tumanidagi ushbu kanal bo‘ylab uchinchi ko‘prik qurilishi davom etmoqda. 

500 million dollarlik daromad

Ayni paytda Milliy taraqqiyot kompaniyasi tomonidan Qo‘shtepa kanalining birinchi bosqichi bo‘ylab ikkita yirik ko‘prik foydalanishga topshirilgan. Kanal qurilishi 2022-yil mart oyidan boshlangan bo‘lib, 285 kilometrli kanal Amudaryo suvlarini burish orqali hosil bo‘lmoqda. “Tolibon” bu orqali 550 ming gektar cho‘lni qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlarga aylantirishni ko‘zlagan. Tashabbus yiliga o‘rtacha 500 million dollar daromad keltirilishi kutilmoqda.

Qo‘shtepa kanali 

Ma’lumot uchun, Qo‘shtepa kanali Afg‘onistonning Balx viloyati Kaldor tumanidan boshlanib, Jovuzjon viloyatidan o‘tib, Faryob viloyatining Andxoy tumanigacha yetib boradi. Uning uzunligi 280 kilometrni, eni esa 100 metrni tashkil etadi. Amudaryoning o‘rtacha suv sarfi soniyasiga 2,5 ming metr kub. Uning 80 foiz suvini Panj va Vaxsh daryolari beradi. Vaxsh Tojikistonda, Panj esa Afg‘oniston va Tojikiston hududida joylashgan. Panj daryosi soniyasiga 1,3 ming metr kub suv beradi. Chirchiq daryosi oqimi soniyasiga 221 metr kub, Qo‘shtepa kanali shundan 3 barobar katta bo‘lishi kutilmoqda.

Теги :
Jamiyat