Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +8°

Og‘ufurush qo‘lga olindi

U 5 kg. gashishni 30 ming AQSH dollariga pullamoqchi bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Og‘ufurush qo‘lga olindi

Og‘ufurush qo‘lga olindi

U 5 kg. gashishni 30 ming AQSH dollariga pullamoqchi bo‘lgan.

Farg‘onada tezkor tadbir

Giyohvandlik moddalarini noqonuniy sotish jinoyati yuzasidan olingan ma’lumotga ko‘ra Farg‘ona viloyati IIB xodimlar va Qo‘qon shahar IIB hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda Beshariq tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi va manzilga yetib borgan holatda jinoyatchilar qo‘lga olindi.

5 kg. og‘u

Tadbir davomida 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro xaridorga 30 ming dollar evaziga 5 kilogramm gashish giyohvandlik vositalarini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Jinoyat ishi 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini fuqaro qayerdan olganligi va bu jinoyatning ildizlari qayerga borib yetishi tergov jarayonlarida oshkor bo‘ladi.