Og‘ufurushlar guruhi qo‘lga olindi
Giyohvand modda sotuvchilar "Qoradori 2024" tadbirining nishoniga aylanishdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Og‘ufurushlar guruhi qo‘lga olindi
Giyohvand modda sotuvchilar "qoradori 2024" tadbirining nishoniga aylanishdi.
Tezkor tadbir va og‘ufurushlar tarmog‘i
Navoiy shahrining Mahmud Tarobiy ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 27 yoshli yigit o‘zida shubha uyg‘otganligi sababli yonlari ko‘zdan kechirilgan va buning natijasida uning yonida gugurt qutisiga solingan marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Ushbu modda xolislar ishtirokida o‘lchab ko‘rilganida 7,79 gr. ni tashkil etgan.
Kalavaning davomi
Fuqaro ushbu giyohvandlik vositasini 22 yoshli tanishidan sotib olganligini ma’lum qilgach, uning ko‘rsatmasi asosida tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu yigit ham shartli xaridorga 700 ming so‘m evaziga marixuana giyohvandlik vositasini sotish chog‘ida qo‘lga olingan.
Ushbu jinoyat zanjiri shu qadar uzun ekan-ki, tezkor tadbirlarda giyohvand moddalarni qo‘ldan-qo‘lga uzatib turgan 1988 va 1993-yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxslar ham qo‘lga olindi.
Tergov harakatlari
Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.



