$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

FVV aholini ogohlantirmoqda

qor

FVVning ogohlantirishicha, 15-dekabr kuni yog‘gan qor natijasida hammayoq muzlab yo‘llar yomonlashgani tabiiy hol. Shu sababli binodan chiqayotganda, tomlarda qor massalari, sumalaklar va muzlarning to‘planishi, ularning tushishi mumkin bo‘lgan joylarni chetlab o‘tishga e’tibor berish kerak. Bolalarni xavfli deb hisoblangan joylarda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Ko‘chada quloqchin taqqan holda yurmaslik lozim

Vazirlik aholiga quyidagi tavsiyalarni berib o‘tdi:

Qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tomlari baland uylarga yaqinlashmang va bolalarning bunday joylarda o‘ynashi va bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.

Agarda xavfli joyda panjarasi, ogohlantiruvchi belgilari mavjud bo‘lsa, ulardan o‘tishga urinmang, xavfli joyni boshqa yo‘l bilan aylanib o‘ting.

Quloqchin taqqan holda ko‘chada yurmang, tomdan tushayotgan qor massalari shovqinini eshitmasligingiz mumkin.

Piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlanayotganda, yuqori qavatlarda shubhali shovqinni eshitsangiz, to‘xtamasligingiz kerak, boshingizni ko‘taring va u yerda nima bo‘lganini o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, bu qor massalari yoki sumalak va muzlar tushayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda qochib keta olmaysiz, imkon qadar tezroq bino devoriga yopishish kerak, bu xavfsiz bo‘lishga xizmat qiladi.

Transport vositalarini qor massalari bo‘lgan binolar ostiga qo‘ymaslik so‘ralmoqda

Avtotransport vositalarini tomi baland binolar yoki tepasida qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lgan inshootlar yaqiniga qo‘ymang.

Agar odam tomdan tushgan qor massalari, sumalak va muzlar tufayli jarohatlansa, darhol tez yordam chaqirish kerak.