Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

37 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi

Bu xaridni Sirdaryo viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlari amalga oshirgan.

1 daqiqa o‘qiladi

37 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi

37 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi

Bu xaridni Sirdaryo viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlari amalga oshirgan.

Tekshirish ishlari

Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi "Raqobat to‘g‘risida"gi va "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonunlari hamda sohaga oid boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosi yuzasidan joriy yilning mart-iyul oylarida o‘rganish ishlari o‘tkazildi. 

 37 mlrd. so‘mlik 67 ta xarid

O‘rganishlar natijasida mazkur boshqarmaning tizim tashkilotlari: Boyovut, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos va Guliston tumanlarida joylashgan unitar korxonalari tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 37 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 67 ta xaridlarda O‘zbekiston Respublikasi "Raqobat to‘g‘risida"gi hamda "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonunlar talablari buzilganligi holatlari aniqlandi.

Qonunbuzarlik holatlari

Ushbu davlat xaridlarida "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonunda belgilangan dastlabki malaka tanlovi, xarid qilish tartib-taomili, tanlashni o‘tkazish talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan. 

Bundan tashqari, "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunda belgilangan savdolarda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar sodir etilgan.

Ish qo‘zg‘atildi

Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlariga aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan ish qo‘zg‘atildi.