$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda hayvonlarni insonlardan himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi

It

O‘zbekistonda hayvonlarni shafqatsiz muomaladan himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. 

Qonun tashabbuskori

Mehr va Oqibat hayvonlarni himoya qilish jamiyatining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda hayvonlarni shafqatsiz muomaladan himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, qonun loyihasining tashabbuskori Oliy Majlis deputati Yelena Babenko hisoblanadi. O‘zbekiston hayvonot muhofazasi tashkilotlari va zoovollonterlari Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasida ko‘rib chiqilayotgan ushbu qonun loyihasi bo‘yicha birinchi o‘qib chiqilishini intiqlik bilan kutayotganini ma’lum qiladi.

Kulvor ilonini tiriklay yegan odam

Avvalroq Zomin tumanida kulvor ilonini tiriklay yegan fuqaro 7,5 mln. so‘m jarima to‘laydigan bo‘lgandi. Qolaversa, u tabiatga 1 mln. 125 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgani hisoblandi. Fuqaro bu harakati bilan "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunining 4, 30, 51, 53-moddalari talablarini buzgan, deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat