Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +19° kechasi +9°

Toshkentda mehmonxona yonida janjal ko‘targan uch nafar qiz qo‘lga olindi

Sud qoidabuzarlarga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda mehmonxona yonida janjal ko‘targan uch nafar qiz qo‘lga olindi

3 nafar huquqbuzarga Chilonzor tumani IIO FMBga yetib kelishi to‘g‘risida chaqiruv xati berilgan bo‘lishiga qarmasdan, ular IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Holat chilonzor tumanida sodir bo‘lgan

 Aniqlanishicha, uch nafar shaxs N.SH., Q.G‘., va B.N., jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini mensimasdan 14-iyun kuni soat 05:30 atrofida Chilonzor tumanida joylashgan Istem 5 star Hotel mehmonxonasi oldida ikki nafar shaxs bilan janjallashib, baqir-chaqir qilib, shu atrofda yashovchi aholining osoyishtaligini buzgan.

Ichki ishlar organlarining qonuniy talablarini bajarmagan

Qayd etilishicha, IIB xodimlari tomonidan ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida uch nafar huquqbuzar 23-iyun kuni Chilonzor tumani IIO FMBga yetib kelishi to‘g‘risida chaqiruv xati berilgan bo‘lishiga qarmasdan, ular IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Janjalning sababi hali ochiqlanmadi.

10 sutka ma’muriy qamoq

Sud qaroriga ko‘ra, N.SH., Q.G‘., va B.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilishgan deb topilgan va ularga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.